Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali amaliyotlar

Joriy yildan Surxondaryo viloyatida yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, birinchi bor buyrak ko‘chirish amaliyoti bajarildi.

Shuningdek, viloyatda yurak tug‘ma nuqsoni, yurak ishemik kasalligining surunkali va o‘tkir formalari, bosh miya, buyrak va katta qon tomirlarining shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklarni jarroxlik amaliyoti bilan davolash hamda yurak aritmiyalariga “radiochastotali oblatsiya” va “elektrokardiostimulyator” o‘rnatish kabi tibbiy amaliyotlarni bajarish yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2 mlrd 580 mln so‘m mablag‘ evaziga “Sun’iy qon aylanish apparati” xarid qilindi va yurakda ochiq usulda 11 turdagi jarroxlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati