Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi oʼrganildi

Kecha viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahri “Oʼzbekiston” mahallasida boʼlib, topshiriqlar ijrosini viloyat Ishchi guruhi tomonidan oʼtkazilgan oʼrganish yakunlari asosida shahar mutasaddilari, mahalla faollari hamda masʼullar ishtirokida muhokama qildi.

Topshiriqqa koʼra, Ishchi guruh tomonidan hududlarda bolalar maydonchalari, mahalla guzari, yoʼl va yoʼlaklar qurish, obodonlashtirish ishlarining borishi oʼrganilgan.

Аmalga oshirilgan ishlar bilan birga qator kamchiliklar borligi koʼrsatib oʼtildi va ularni bartaraf etish boʼyicha vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati