Qiziriq tumanida quyosh panellari oʼrnatish ishlari bilan tanishildi
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qiziriq tumani “Zarobod” mahallasida boʼlib, “Taʼminot Osiyo 665” MChJ tomonidan oʼrnatilgan 50 kVt quvvatli quyosh panellaridan elektr toki ishlab chiqarish va tarmoqqa uzatish ishlari bilan tanishdi.
Tadbirkor bilan muloqot qilgan viloyat rahbari mavjud muammolarni tingladi. Masʼullarga loyiha uchun imtiyozli kredit mablagʼlarining toʼliq ajratilishi bilan bogʼliq ishlarni hal etish boʼyicha topshiriqlar berildi.
Maʼlumot uchun, hisob-kitoblarga koʼra 50 kVt kichik quvvatdagi quyosh panellaridan oyiga 36 MVt elektr energiya olib, bir oyda 36 mln soʼmgacha, yiliga 432 mln soʼmgacha daromad topish mumkin.