Surxondaryo viloyatida yoshlar yetakchilarining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 19 yanvardagi qaroriga asosan har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
Xususan, Surxondaryo viloyatining 724 ta mahallasining barchasida 724 nafar yoshlar yetakchilari suhbat asosida ishga qabul qilinib, faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida quyidagi shart sharoitlar yaratildi.
Jumladan, barcha yoshlar yetakchilari uchun umumiy va alohida xonalar ajratilib, xonalarida ichki va tashqi stendlar o‘rnatildi. Foydalanishlari uchun ish stoli va mebellari, kompyuter, printer, veb-kamera, planshetlar ajratilib, ish faoliyatini yaxshilash maqsadida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.
Mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaroriga muammosi mavjud, ko‘makka muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, “Yoshlar daftari” platformasiga kiritish orqali ularga manzilli yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati