“Ishonch” teleradiokompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Muzrabot tumanidagi tashrifini yakunlab, viloyat “Ishonch” teleradiokompaniyasi faoliyati, mavjud sharoitlari bilan tanishdi hamda telekanal xodimlari va jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Xususiy teleradiokanalning moddiy-texnika bazasi va mavjud imkoniyatlarini koʼzdan kechirgan viloyat rahbari hududlardagi muammolarni olib chiqib, asl holatni bilishda, ularni hal etilishida koʼmakchi boʼlayotgan mazkur jamoaga oʼz minnatdorchiligini bildirdi hamda kelgusida ham hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishini taʼkidladi.

Shundan soʼng, viloyat rahbari Termiz shahrining “Shodlik” mahallasida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish komissiyasi yigʼilishida ishtirok etdi. Viloyat hokimi bilan suhbatdan soʼng 2 ta oila yarashtirildi. Masʼullarga ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati