Malakali shifokorlar imtiyozli shartlar bilan oliy hududlaga ishga taklif qiliinadi

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-sentabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 510-sonli qaroriga asosan ushbu ro‘yxatga Surxondaryo viloyatida 48 ta mahalla kiritilgan.

Bugungi kunda ushbu ro‘yxatga kiritilgan quyidagi mahallalardagi oilaviy shifokorlik punktlarida (OShP) vakant lavozimlar mavjud:

- Sherobod tumani “Qorabog‘” OShP;

- Boysun tumani “Qo‘rg‘oncha” OShP;

- Boysun tumani “Machay” OShP;

- Muzrobod tumani “Fayzobod” OShP;

- Uzun tumani “Taltug‘ay” OShP.

Qarorga ko‘ra olis chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy polikilinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdoridagi har oylik ustama belgilangan hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Malakali shifokorlarni mazkur ish o‘rinlariga taklif etamiz.

Nomzodlardan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi.