Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan bugun viloyatimizga keladi.
Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona, logistika markazlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv, vohamizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.