Yil sarhisobi: Turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar

Surxondaryo viloyati turizmni sohasida katta salohiyatga эga bo‘lib, vohada Omonxona, Sangardak kabi tabiiy maskanlar hamda 500 dan ziyod tarixiy obidalar mavjud.

Xususan, 2023-yilda turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlarni keng jalb qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish maqsadida viloyatda 14 ta yangi mexmonxona qurildi hamda Sangardak qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqoni berildi. Shuningdek, umumiy qiymati 110 mlrd so‘m bo‘lgan, 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriyasi foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari Boysun tumanida yirik turizm klasteri tashkil etilmoqda hamda viloyatda ilk bor “Zovboshi” hududida tog‘-dor yo‘li (kanatka) qurilmoqda.

Hozirda viloyatda yana 52 ta, 1 800 o‘rinli mehmonxonalarni qurish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Foto: Sariosiyo tumanida foydalanishga topshirilgan 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriyasi