Rasmiy munosabat: Yetti kun davom etgan festivalda tomoshabinlarni cheklash holati bo‘lmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tomoshasiga kelgan fuqarolarni majmuaga kiritilmayotganligi to‘g‘risida murojaatlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Joriy yilgi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali 7 kun davomida o‘tkazildi. Unda deyarli har kuni taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, turli sport musobaqalari hamda ko‘rgazmalar namoyish etildi. Shahar va tumanlar hamda oliygohlar tomonidan tashkil etilgan qo‘rg‘onlar 7 kun davomida to‘liq tomoshabinlar uchun ochiq bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan holatlar festivalning ochilishi marosimida, tomoshabinlar sig‘imi cheklangan amfeteatrga kirishda sodir bo‘lgan. Aytib o‘tganimizdek, amfiteatrda o‘rindiqlar soni cheklanganligi, ochilish marosimida yigirmaga yaqin xorijiy davlatlardan mehmonlar ishtirok etganligi sababli hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida faqatgina taklifnoma berilgan tomoshabinlar kiritilgan.

Shunga qaramay, majmua hududiga kirishda cheklovlar qo‘yilmagan. Shu boisdan qolgan tomoshabinlar uchun festivalning uchinchi va to‘rtinchi kunlarida ham poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilgan.

https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://penggaronlor.semarangkota.go.id/img/sgacor/https://jomblang.semarangkota.go.id/js/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/