Rasmiy munosabat: Institut xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinmagan va oylik ish haqlari ushlab qolinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xodimlarini majburiy mehnatga undayotgani haqida murojaat e’lon qilindi. O‘rganish davomida institutda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar institut hududidan tashqari joylarga ishga jalb qilinmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, institut ma’muriyatining rasmiy xatida aprel-may oylarida xodimlarning oylik ish haqlaridan “Boysun bahori” festivali uchun ushlab qolish holatlari bo‘lmaganligi, ish haqlari belgilangan muddatda, oliygoh buxgalteriya bo‘limi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmui orqali ish haqlari xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib berilganligi ma’lum qilingan.