Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

“Xo‘jaipok” TISICH va Tarqatish bo‘limini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/6 kV nimstansiyada rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi 7 ta tumanning ushbu magistral quvur orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan hududlarida bugun, 24-iyul kuni soat 09:30 dan 17:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

– Oltinsoy tumani;

– Qumqo‘rg‘on tumani;

– Bandixon tumani;

– Qiziriq tumani;

– Sherobod tumani;

– Muzrabot tumani;

– Angor tumani.

Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.