Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Viloyat hokimligi majlislar zalida Surxondaryodagi davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari komplaens nazorati xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvi masalalarida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari F.Mengliyev va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri T.Jumaqulovlar O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni yuzasidan tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilarning mazkur qonunga oid hamda korrupsiyaga oid savollariga javob berildi.

Shuningdek, komplaens nazorati bo‘limlarining faoliyati, kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.