Paxta yig‘im-terimiga hozirlik jarayonlari va turar joylar qurilishi bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning bugungi hududlarga tashrifi Muzrabot tumanidan boshlandi. Viloyat rahbari tumanda paxta maydonlaridagi hosildorlik hamda uni yig‘ib olishga tayyorgarlik bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, Sherobod tumanida yetishtirilgan paxta hosili ko‘zdan kechirildi. Terim otryadlari, ularga jalb qilingan texnikalar shayligi, terimchilar uchun dalaning o‘zida sharoit yaratish ishlarini yakunlash hamda to‘liq yetilgan xo‘jaliklarga terimni boshlash topshirig‘i berildi.
Shuningdek, Sherobod tumanida yakka tartibdagi turar joylar qurilishi bilan ham tanishildi. Quruvchilarga loyihalarni sifatli olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.