Rasmiy munosabat: Yig‘ilishlar tegishli ruxsat asosida me’yorlar asosida o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sherobod tumani hokimi tomonidan haftada uch kun yig‘ilish o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida tanqidiy material e’lon qilingan. Holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, mas’ullar bilan tegishli tushuntirishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilishlarni ish vaqtidan tashqari, yuqori turuvchi organlar bilan kelishmasdan o‘tkazish mumkin emasligi, xodimlar bilan ish vaqtida to‘liq foydalangan holda, zamonaviy muloqot shakllaridan foydalanish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Shuningdek, tuman hokimligi haftada uch kun yig‘ilish o‘tkazilayotganligi rad etib, dam olish kunlari yig‘ilish o‘tkazilmaganligini ma’lum qilgan.

Tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tushuntirishlar berilganligi va ushbu holat nazoratga olingaligi ma’lum qilinadi.