Surxondaryo viloyati hokimi mamlakatimiz taraqqiyoti, tinch, osuda hayot va buyuk kelajak uchun ovoz berdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi hududida 860 ta saylov uchastkasi tashkil etilib, saylovchilar uchun barcha sharoit yaratildi. Milliy qonunchiligimiz doirasida jihozlandi. Saylovni umume’tirof etilgan tamoyillar asosida o‘tkazish maqsadida siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga tegishli mandatlar berildi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, mamlakatimizda belgilangan karantin qoidalariga qatiy rioya etish choralari belgilab olindi.

Viloyatda 1 million 467 ming 12 saylovchi ruyxatga olingan. Ularning 112 ming 902 nafari saylovda ilk marta ovoz berayotgan yigit-qizlardir. Joriy yilning 14-20 oktabr kunlari mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 20 mingga yaqin fuqaro  istak-xoxishini erkin ifoda etdi.  

Termiz shahridagi 269-saylov uchastkasi muhtasham “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi binosida joylashgan. Bu yerda Mehriobod mahallasida yashaydigan 2 ming 838 saylovchi ovoz beradi. Ayni paytda ular saylov uchastkasiga kelib, karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘z xoxish-irodasini emin-erkin ifoda etmoqda.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham birinchilardan bo‘lib, mazkur saylov uchastkasida mamlakatimiz taraqqiyoti, tinch, osuda hayot va buyuk kelajak uchun ovoz berdi.

 

 

http://uza.uz/posts/313925