Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi (https://president.uz/uz/lists/view/4720). Mukofotlanganlar orasida quyidagi surxondaryolik soha fidoyilari ham bor:

 

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan:

▪️ Djurayev Shodibek Valiyevich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi otryad komandiri

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:

▪️ Ismanov Isomiddin Baxridinovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashkiliy boshqarma boshlig‘i

▪️ Muazzamov Muzafar Ergashevich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni bo‘linma komandiri

 

«Shuhrat» medali bilan:

▪️ Turaxonov Davronbek Abdirasilovich – Surxondaryo viloyati Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori