Denovda “O‘zmilliybank” filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun “O‘zmilliybank” AJ Denov filialining zamonaviy binosini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, “O‘zmilliybank” AJ viloyat boshqaruvi rahbariyati, tuman hokimi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari,  tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Viloyatning Denov, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlaridagi 64 ming 800 nafarga yaqin mijozga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “O‘zmilliybank” AJ Denov filiali mijozlarining 59 ming 500 nafardan ziyodi jismoniy,  5 ming 200 nafari yuridik shaxslardir.

 

Mazkur filial tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan so‘nggi uch yilda viloyatda 18 ta yirik ishlab chiqarish loyihasi moliyalashtirildi. Filial tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar natijasida tumanda viloyatda 1450 dan ortiq fuqaro bandligi ta’minlandi.

 

Shuningdek, aholigka to‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 5 ta bankomat, 2 ta infokioska, 892 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

 

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida shaxar hududida 1 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 2 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) xizmat ko‘rsatmoqda.