Surxondaryoda yana bir kichik GES faoliyatiga start beriladi
Sariosiyo tumanida quvvati 38,2 MVt bo‘lgan Zarchob-2 kichik gidroelektr stansiyasi ishga tushirilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillariga loyihada ishtirok etgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan GES imkoniyatlari tanishtirilmoqda.
Ochilish marosimida viloyat hokimi To‘ra Bobolov hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ raisi, senator Abdug‘ani Sanginovlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati