Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-son Farmonida 2021 yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlar “Qishloq shifokori” dasturi asosida ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million soʼm miqdorida bir martalik pul mablagʼlari, uy-joyi boʼlmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara toʼlovlari Davlat byudjetidan kompensatsiya toʼlash belgilangan. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatidagi olis va chekka hududda joylashgan 35 ta mahalladagi oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida 14 nafar vrachlarga boʼlgan ehtiyojni qoplash maqsadida 10 nafar vrachlar ishga qabul qilindi. Hozirgi kunda Boysun tumanidagi Machay MFYga 1 nafar, Qoʼrgʼoncha hududidagi mahallalar uchun 2 nafar hamda Sherobod tumanidagi “Vandob” MFY uchun 1 nafar vrachlarga ehtiyoj mavjudligini inobatga olib “Qishloq shifokori” dasturi doirsida ishga taklif etamiz.