Viloyat ma’muriy sudining sudyasi S.Xolmatovning yo‘l xaritasiga asosan ma’muriy sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat qilish haqida

Viloyat ma’muriy sudining sudyasi S.Xolmatovning yo‘l xaritasiga asosan ma’muriy sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat qilish haqida M A ’ R U Z A Assalomu alaykum Xurmatli voxadoshlar Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 30 yilligi hamda vatan himoyachilar kuni bilan tabriklayman, yangi yilda yangi zafarlar, xonadoningizga qut baraka tilayman. Endi ma’ruza bo‘yicha fikr bildiradigan bo‘lsam birinchi bosqich sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, arizachi, javobgar, uchinchi shaxslar tomonidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror apellyatsiya protest keltirishga xaqli, sudning hal qiluv qarori ustidan taraflar to‘lik yoki qisman shikoyat qilishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati viloyat ma’muriy sudining apellyatsiya sudlov xay’atiga beriladi, apellyatsiya shikoyati hal qiluv qarori qabul qilgan birinchi bosqich sudi orqali beriladi. Agar viloyat ma’muriy sudi ishni birinchi bosqich sudida ko‘rib hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa, hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati shu sud orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov xayatiga taqdim qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud apellyatsiya shikoyatini va protestni kelib tushgan kundan boshlab besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiya sudiga ish bilan birgalikda yuborishi shart. Eski tahrirda qonunda apellyatsiya shikoyati hal qiluv qarori qabul qilingan kundan etiboran yigirma kun ichida berilar edi. 13.01.2021 yilda kuchga kirgan yangi tahrirdagi qonunga ko‘ra apellyatsiya shikoyati bir oy muddat ichida berilishi nazarda tutildi. Apellyatsiya shikoyati berishni o‘tkazib yuborilgan muddati eski taxrirdagi qonunda tarafning iltimosnomasiga ko‘ra qaror qabul qilingan kundan ikki oydan kechiktirmasdan berilgan apellyatsiya shikoyati asosli deb topilganda tiklanishi lozim edi, yangi tahrirdagi qonunga ko‘ra tarafning iltimosnomasi bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddat apellyatsiya instansiya sudi tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa tiklanishi mumkinligi belgilangan, ya’ni yangi taxrirdagi qonun bilan muddatini tiklash uchun ikki oylik chegara muddat qonundan chiqarib tashlandi. Apellyatsiya instansiya sudi besh kun muddat ichida sudya tomonidan tayinlanib bu haqda taraflarga xabar qilinadi, ularning ishtirokida apellyatsiya ish ko‘rib chiqilib, taraflarni, prokurorni muzokara so‘zlari eshitilib, sudlov xay’ati maslaxat uyiga kirib qonuniy qarorni qabul qilib, so‘ngra maslahat uyidan chiqib ishda qatnashgan taraflarni ishtirokida raislik etuvchi qarorni e’lon qiladi. Raislik etuvchi qarorni elon qilgandan so‘ng taraflarga mazkur qarorni ustidan O‘Z.Res, Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga bir yil mobaynida shu sud orqali kassatsiya tartibida shikoyat qilishga, prokuror esa protest keltirishga haqli ekanligi tushuntiriladi, shuningdek, taraflarga apellyatsiya sudlov xay’atining qarorini besh kun ichida gibret pochta orqali taraflarga qaror nusxasi yuborilishi tushuntiriladi. Raislik etuvchi taraflarga mazkur ish yuzasidan qabul qilgan qarorni mazmun mohiyatini qisqacha tushuntirib o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi bosqich sudi ishlari yuzasidan apellyatsiya va protestlarga asosan O‘z,Res.Oliy sudining ma’muriy sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yangi tahrirdagi qonunlardagi o‘zgarishlarga ko‘ra ishlarni nazorat tartibda ko‘rish bekor qilindi. Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin. O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Ushbu Kodeksning 224-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilishga haqli. Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 244-moddasi birinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirishga haqli. Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Viloyat ma’muriy sudining sudyasi: S.Xalmatov