Surxondaryoda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 982 tani tashkil etdi

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra 2022 yil 1 mart holatiga Surxondaryo viloyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 30690 tani tashkil etdi.

Shundan: 

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 28871 ta

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar  - 5490 ta

Qo‘shma korxonalar – 148 ta

Xorijiy korxonalar – 430 ta

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar –  11869 tani tashkil etdi.