#Yo‘riqnoma

Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot portali qator imkoniyatlarni taqdim etadi

Davlat fuqarolik xizmatchilari va fuqarolar uchun  — my.argos.uz portali Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ishga tushirilgan.

my.argos.uz portali orqali shaxsning mehnat faoliyati, ma’lu

moti, sertifikatlar, qarindoshlar,  vacancy.argos.uz platformasidan foydalangan bo‘lsa test bosqichidagi natijalar, shuningdek, intizomiy jazolar, rag‘batlantirishlar, obyektivka va tana vazni indeksi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilmoqda.

Ushbu ma’lumotlarni fuqaro  tomonidan mustaqil kiritish imkoniyati ham yaratilgan. 

Videolavha orqali portaldan foydalanish yo‘riqnomasi bilan o‘zbek (https://youtu.be/9fTZ5m5o2Wg) va qoraqalpoq tili (https://youtu.be/ja0KbJn5sBs)da tanishishingiz mumkin.

Unutmang! Tizimga kiritilgan har bir to‘g‘ri ma’lumot faoliyatingizni samarali amalga oshirishingizdagi muhim omildir.