OTB Surxondaryo viloyatidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratmoqda
Osiyo taraqqiyot banki Surxondaryo viloyatidan o‘tuvchi 111 kilometrlik avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun 183,8 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratadi .
Ushbu kredit mablag‘lari «4P105 “Darband – Boysun – Elbayon” avtomobil yo‘lining 5−7 km va 4P100 “Manguzar – Jaraqo‘rg‘on – Bandixon – Oltinsoy – Denov” avtomobil yo‘lining 128−174 km qismlarini rekonstruksiya qilish» loyihasini amalga oshirishga sarflanadi.
Loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (4 yil imtiyozli davrini inobatga olgan holda 2022−2027 yillar) etib belgilandi.