Boysun osmoni uzra 20 ta havo shari parvoz qilmoqda

Ayni vaqtda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tayotgan Turizm kompleksi hududidan rang-barang va turli namunalardagi jami 20 ta havo shari Boysun uzra osmonga ko‘tarildi.

Qiziquvchilar sharlar bortida turib qush parvozi balandligida betakror tabiat manzaralari va ertaknamo hududning fazoviy manzarasini tomosha qilish, yoqimli kadrlarni foto va video kamera xotirasiga muhrlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

E’tiborlisi, eng ko‘p – 20 ta havo shari parvozi O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryoda, Boysun osmonida amalga oshirilmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.