To‘rtta tumanda g‘o‘za va g‘alla parvarishi ishlarining borishi muhokama qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘lib, ishchi guruhlari tomonidan g‘alla hamda g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qildi. Xususan, Qiziriq tumanida o‘tkazilgan muhokamada Bandixon tumanidagi o‘rganishlar ham tahlil qilindi.

Muhokamalar sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi. Hududlardagi ayrim dalalarda ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligi, o‘g‘itlash hamda agrotexnik tadbirlar muddatida bajarilmaganligi qayd etilib, mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslar bilan tavsiyalar berildi.

Viloyat rahbari har bir tumanda agrotexnik tadbirlar va o‘g‘itlash ishlarini muddatida bajarish bo‘yicha mutaxassilar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ishlarni sifatli tashkil etish vazifasi topshirdi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil hosili uchun Muzrabotda 11 300 gektarga g‘alla, 9 200 gektarga chigit, Sherobodda 11 580 gektarga g‘alla, 9 250 gektarga chigit, Qiziriqda 10 190 gektarga g‘alla, 7 684 gektarga chigit, Bandixonda 4 988 gektarga g‘alla, 3 692 gektarga chigit ekilgan.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.