Surxondaryo delegatsiyasi Xitoyda: Surxondaryo viloyati hokimi va Shensi provinsiyasi gubernatorining uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi vohamiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi hududlariga tashrifining birinchi kunini boshladi. Tashrif dasturiga muvofiq dastlab, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Shensi provinsiyasi gubernatori Chjao Gan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki hudud rahbarlari O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari Prezidentlarimizning say-harakatlari bilan har tomonlama rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yangi bosqichda davom etayotganligini ta’kidlashdi. Xususan, O‘zbekiston-Xitoy tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning o‘zida 5 mlrd dollarga yetib, 287 foizga o‘sganligi qayd etildi.

Uchrashuvda Surxondaryoning savdo-iqtisodiy, investitsion, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi salohiyati va mavjud imkoniyatlari haqida axborot berildi. Ushbu yo‘nalishlarda ikki hududning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

Viloyatimiz rahbari Shensi provinsiyasi gubernatorini Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan borishga taklif etdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/