Surxondaryo delegatsiyasi Xebey provinsiyasidagi yirik kompaniya va logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi

Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Xebey markazi Shijiazhuang shahrida bo‘lib turibdi. Bugun delegatsiya ushbu provinsiyadagi qator ishlab chiqarish kompaniyalari, xalqaro quruq port logistika markazlari hamda ilmiy va yuqori texnologiyalar parklari faoliyati bilan tanishdi. 

Xususan, dori-darmonlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Shijiazhuang Dukang Medical Eqiupment Co., Ltd” kompaniyasiga tashrif buyurildi. Kompaniya o‘z faoliyatini 1992-yilda boshlagan bo‘lib, 14 turdagi dori vositalarini ishlab chiqaradi va dunyo bo‘ylab yetkazib beradi.

Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi “Hebei Mengbang” kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi. Viloyatimiz rahbari kompaniya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Surxondaryo viloyatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar va yetarli xom ashyo zaxirasi mavjudligini ta’kidlab, hamkorlikda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

O‘z navbatida “Hebei Mengbang” kompaniyasi ushbu tashabbusga katta qiziqish bildirib, tomonlarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Shijiazhuang shahri xalqaro quruq portiga tashrif buyurib, logistika markazlari faoliyati bilan ham tanishdi. Xalqaro quruq port temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali mahsulotlarni nafaqat Xitoy, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilishda muhim o‘rin tutadi.

Surxondaryo delegatsiyasining Xitoyga tashrifi ertaga Pekin shahrida davom etadi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/