O‘zbek tili o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli

Surxondaryo viloyatida 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlandi.

Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbiri Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, oliy, professional ta’lim va umumta’lim maktablari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar, shuningdek, harbiylar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini alohida ta’kidlab, jahondagi ilk leksikologik lug‘at ham aynan o‘zbek tilida yozilganini qayd etdi. Shuningdek, olimlar, tilshunoslar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritishdi.

San’at saroyi majmuasida davom etgan tadbirda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri san’atkorlari ona tilimiz ulug‘langan sahna asarlaridan parchalar namoyish etdi hamda vohamizning taniqli san’atkorlari va folklor jamoalarining chiqishlari o‘tkaziladi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.