Markaziy va tijorat banklari faoliyatiga oid matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligi, Markaziy bank viloyat boshqarmasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Termiz shahridagi Matbuot uyida banklar faoliyati, tizimda mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan OAV vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Azamat Radjabov va tijorat banklarining viloyat filiallari boshqaruv raislari ishtirok etdi. Dastlab, Markaziy bank rahbari va tijorat banklari boshqaruv raislari tizimda joriy yilning o‘tgan davrida banklar faoliyati, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng, jurnalist va blogerlarning savollariga javoblar berildi hamda takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar o‘rtaga tashlanib, yechimi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida axborotlar berildi.

Matbuot anjumanidan keyin tashkil etilgan press-turda ishtirokchilar Termiz xalqaro savdo markazi – “Airitom free zone”, u yerda tashkil etilgan tijorat banklari filiallari faoliyati bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda vohamizda 13 ta tijorat banklari va ularning 16 ta filiallari hamda 98 ta minibank va bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.