Termizda yana bir zamonaviy xususiy klinika oʼz faoliyatini boshladi
Soʼnggi yillarda mamlakatimiz tibbiyot tizimida xususiy sektor ulushini oshirish, uning huquqiy mexanizmlarini yaratish, ularga keng imtiyozlar taqdim etilayotgani natijasida bu yoʼnalishdagi shifoxonalar soni oshib bormoqda.
Аna shunday eʼtibor samarasida bugun Termiz shahrida foydalanishga topshirilgan “AVITSENNA IMPULS” xususiy klinikasini qurish, jihozlash ishlariga 6,5 milliard soʼmdan ortiq miqdorda investitsiya kiritildi. Bu yerda 25 ta yangi ish oʼrni yaratilib, statsionar sharoitda davolanish uchun 40ta oʼrin tashkil etildi.
Ushbu tibbiyot muassasasida qon aylanish va nafas tizimi, moddalar almashinuvi buzilishi, ovqat hazm qilish organlari va endokrin kasalliklarni eng yuksak texnologiyalar vositasida davolash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Klinikaning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov, sogʼliqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot muassasalari va keng jaoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz