Аfgʼonistonlik ishbilarmonlar Surxondaryoda 12 qavatli zamonaviy turar-joy va mehmonxona binosini quradi
2020 yilning avgust oyida Termiz shahridagi Shodlik mahallasida “AFGAN–GERMAN CAMPANY” qo'shma korxonasi tomonidan yetti qavatli zamonaviy turar-joy binosi foydalanishga topshirilganligi haqida avval xabar bergan edik.
Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov bilan bo'lib o'tgan muloqot chog'ida qo'shma korxona rahbari Samiulloh Samkanay mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay muhitdan foydalanib, Termiz shahrida 12 qavatli yana bir zamonaviy turar-joy va mehmonxona binosini qurish taklifini bildirdi.
Afg'onistonlik ishbilarmonning taklifi qabul qilinib, tomonlar o'rtasida memorandum imzolandi. Shahar markazida qad rostlaydigan ko'p qavatli zamonaviy turar-joy va mehmonxona binosini bunyod etish uchun 2021-2022 yillarda qo'shma korxona tomonidan 2 million dollar qiymatidagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya jalb etiladi.
– Zamonaviy qurilish materiallari asosida bunyod etiladigan turar-joy va mehmonxona binosining loyihasini o'zbek, afg'on va turk mutaxassislari hamkorlikda ishlab chiqadi, – deydi qo'shma korxona rahbari S.Samkanay. – Loyihada shaharning iqlimi alohida e'tiborga olinadi. Ko'p qavatli uyni pishiq-puxta, sifatli qurib, bitkazamiz. Biz, afg'on xalqi ham mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik bo'lishini istaymiz. Bu yo'lda Afg'onistonni qo'llab-quvvatlayotgan davlatingizdan behad minnatdormiz.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz