To'ra Bobolov murojaatchi ayolning ijarada yashayotganini bilib qolgach, unga ixcham uy qurib berishga va'da qildi
Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov Qiziriq tumanidagi 23-maktabda aholi bilan muloqot qilib, ularni o'ylantirayotgan muammolarni tingladi.
O'rtaga tashlangan masalalar yechimini sektorlar, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari bilan birgalikda izladi.
Mamlakatimizda rahbarlarning xalq ichiga kirib, ularning muammolarini tinglayotgani, quvonchu tashvishlariga sherik bo'layotgani xalqimizning obod va farovon hayotini ta'minlashga ko'maklashayotir. Hududda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar yechini topmoqda. Jumladan, Takiya mahallasida yashaydigan Xolida Atamurodovaning uch farzandi bor. Turmush o'rtog'i ham, o'zi ham vaqtincha ishsiz. Qabul chog'ida X.Atamurodova tomarqasida issiqxona barpo etib, ziroat yetishtirishda yordam so'radi.
Bu masala mutasaddi rahbarlar ishtirokida atroflicha muhokama etilgach, subsidiya asosida mo''jazgina issiqxona qurib beriladigan bo'ldi.
Zartepalik G.Allayorova uch farzandni tarbiyalab, kamolga yetkazmoqda. Turmushidan ajrashgan. U anchadan buyon turli pishiriq tayyorlab sotishni rejalashtirayotgani biroq, elektr pech olishga amaliy yordam so'radi.
Viloyat hokimi murojaatchi ayol tayyorlaydigan mahsulotini qayerda sotishni mo'ljallayotgani va xaridorlari bilan qiziqdi. Suhbat chog'ida uning ijarada yashayotgani ma'lum bo'ldi.
Mana, oddiy qishloq ayoli, dedi viloyat rahbari.Yo'ldan o'tayotgan bo'lsa becosdan eshitib, kelgan. Muammolarini to'liq aytishni o'ziga or bilayapti. Iymanib, ijarada yashayotganini ham aytmayotir. Bu murojaatingizni qanoatlantiramiz. Ixchamgina uy ham qurib beramiz. Navro'z bayramini o'z uyingizda kutib olasiz.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz