T.Bobolov: Unutmang, xalq dardu-tashvishiga bee'tibor va loqayd bo'lgan rahbarlar aslo kechirilmaydi

Davlat boshqaruvi idoralari rahbarlarining bevosita xalq ichiga kirib, ularni o'ylantirayotgan masalalarni tinglayotgani va o'rtaga tashlayotgan muammolarini bartaraf etishga ko'maklashayotgani keyingi yillarda mamlakatimizda ilgari surilgan “Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amaldagi ifodasi bo'lmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolovning Denov tumanidagi 3-maktabda o'tkazgan sayyor qabulida ham odamlarni o'ylantirayotgan muammolar tinglanib, aholi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan masalalar yechimi izlandi.Xususan, Baynaxol Bekkamova tumandagi Orol mahallasida yashaydi. Ochiq muloqot chog'ida onaxon mahalladagi yog'och ustun va elektr simlari eskirib qolganidan arz qilib, uni yangilashda amaliy yordam so'radi.

Bu masalani sohaning viloyat va tuman mutaxassislari joyida o'rganib, tez kunlarda bu muammoni bartaraf etadigan bo'ldi.


­Yog'och ustunlar va eskirgan elektr simlari farzandlarimizga zarar yetkazmasin, degan maqsadda bu masalani o'rtaga tashladim,­deydi B.Bekkamova.­Ko'chada ketayotganida sim uzilib yerga tushsa, bolalar behosdan ushlab olishi hech gap emas. To'g'ri, bu bir qarashda ko'zga tashlanmasligi mumkin. Lekin, vaqti kelib, kuchli shamol uzib yubormasligiga kafolat yo'q. Muammomiz tez kunda bartaraf etilishini eshitib, juda xursand bo'ldim.

Fuqarolar bandlik, elektr energiyasi ta'minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo'llarni ta'mirlash, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta'minlash va ta'mirlash, moddiy yordam ko'rsatish, sud-huquq idoralari faoliyati, alimentni o'ndirish, tijorat bankidan kredit olib, tadbirkorlik bilan shug'ullanish kabi masalalar bilan bog'liq masalalar bilan murojaat etdi. Jumladan, Muhammadsobir Xojimurodov yetti yil muqaddam tugatilgan fermer xo'jaligini qayta tiklab berishni so'radi. Viloyat hokimi bu murojaat bo'yicha mutasaddilarga sobiq fermerning faoliyatini va ayni paytda mavjud maydonlardan foydalanayotgan yer egasining ishlarini chuqur o'rganib, tegishli xulosaga kelishni tavsiya etdi. 3-maktab o'qituvchisi Dilnoza Begmatova ta'lim muassasasi joylashgan hududdagi serqatnov avtmobil yo'liga tegishli yo'l belgilari o'rnatish lozimligini taklif etdi.

O'quvchilar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan mazkur taklif ham tez kunlarda qanoatlantiriladigan bo'ldi. Ochiq muloqotda fuqarolarning ko'plab murojaatlari, taklif va istaklari joyida hal etildi. Yechimi ma'lum muddat talab etadigan murojatlar bo'yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatьiy nazoratga olindi.

­Sizlar bilan kelishib olaylik,­dedi viloyat hokimi ochiq muloqot yakunlangach, rahbarlar bilan qisqa suhbat chog'ida.­Endilikda fuqarolarimiz men avval qabulga kelgan edim, lekin masala hal bo'lmadi, desa hafa bo'lmang, javobgarligi qattiq bo'ladi. Buning uchun har bir murojaatchi bilan jiddiy shug'ullanib, o'rtaga tashlagan masalasiga qonuniy yechim topish kerak. Barchamiz xalq xizmatida bo'lishni o'z zimmamizga olganmiz. Unutmang, xalq dardu-tashvishiga bee'tibor va loqayd bo'lgan rahbarlar aslo kechirilmaydi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.