Bandixonda o'tkazilgan vatanparvarlik festivali yoshlarning yurtga sadoqat tuyg'usini mustahkamladi
Surxondaryo viloyat hokimligi va Janubi g'arbiy maxsus harbiy okrugi janubiy operatsion qo'mondonligi hamkorligida “Kim Vatanga sodiq bo'lsa, mendirman o'sha” shiori ostida Bandixon tumanida o'tkazilgan vatanparvarlik festivali yoshlarning yurtga sadoqat tuyg'usini mustahkamlab, ularga bir olam zavqu-shavq ulashdi.
Tadbir tuman markazida hamkorlikdagi kuch tuzilmalari va ularning harbiy texnikalari harakati, harbiy orkestr jamoasi, otliq chavondozlar, havaskor harbiy baxshilar, yoshlarning markaziy yo'lda saf yurishi bilan boshlandi.
Festivalning tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning tinch, to'kin hayotini ta'minlab, yosh avlodning harbiy sohaga qiziqish va intilishini kuchaytirishga xizmat qilayotgani alohida ta'kidlandi. Yoshlar bilan ishlashda tashkil etilgan yangi tizim asosida ular o'rtasida turli sport bellashuvlarini uyushtirish, harbiy qismlar yo'q tumanlarda Vatan himoyachilarining ko'rgazmali chiqishlarini, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishlarini o'tkazish ajoyib an'anaga aylanib borayotgani qayd etildi.
Qayta tashkil etilganiga endi bir yildan oshgan Bandixon tumani ham ijtimoiy-iqtisodiy yuksalib, rivojlanish yo'lida dadil odim tashlamoqda. Hududdagi mavjud 22 mahallaning har birida odamlarning bugungi hayotidan rozi bo'lib yashashi uchun ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Issiqxona, chorvachilik va parrandachilikni, xizmatlar ko'rsatishni rivojlantirishga, hududga zamonaviy sanoatni olib kirish va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlar bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni paytda 35 gektar maydonda barpo etilayotgan yirik issiqxonani har bir yoshga uch sotixdan taqsimlab berish orqali yoshlar bandligini ta'minlash mo'ljallanayotir.
Markaziy o'yingohda katta bayram ruxida o'tgan tadbirda yoshlar zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi. Harbiy akalari bilan zamonaviy texnikalar yonida suratga tushib, osuda, farovon yurtda yashayotganidan faxr hissini tuydi.
Shu paytgacha bunday harbiy texnikalar va qurol-aslahalarni faqat televizorda ko'rganmiz,deydi tumandagi 16-maktab o'quvchisi Bahodir Pardayev.Bugun mana turli harbiy texnikalarni o'z qo'llarimiz bilan ushlab ko'rdik. Boshqarilishi bilan tanishdik. Kabinalarida maza qilib o'tirdik. Qurol-aslahalar ham bizda katta taassurot o'yg'otdi. To'g'risini aytsam, kelajakda harbiy bo'lishni ko'nglimga tugib yurgan edim. Bu tadbir mening ana shu istagimni mustahkamladi. Buning uchun endi harbiy akalarim maslahat berganidek, yanada ko'proq o'qib, sport bilan muntazam shug'ullanaman.
Markaziy o'yingohda harbiy xizmatchilarning ko'rgazmali jangovar chiqishlari, havoskar harbiy baxshilarning do'mbira chertib, terma kuylashlari ham ishtirokchilarga o'zgacha zavq ulashdi.
Viloyat hokimi sovrini uchun stol tennisi, arqon tortish, armrestling musobaqalari, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar va harbiy kuch tuzilmalari xizmatchilari o'rtasida kurash bo'yicha o'tkazilgan bellashuv qiziqarli baxslarga boy bo'ldi.
Musobaqalar yakunida g'oliblarga viloyat hokimining pul mukofoti va boshqa sovrinlari topshirildi.
Festivalь taniqli san'atkorlar va harbiy orkestr harbiy xizmatchilarining ona Vatan va tinchlikni, sadoqat, mehr-muhabbat va jasoratni ulug'lovchi kuy-qo'shiqlari bilan davom etdi.
Festivalning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari To'ra Bobolov so'zga chiqdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz