To'ra Bobolov xususiy sektor vakillarini o'ylantirayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko'rdi
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo'llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag'batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga e'tibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimi To'ra Bobolovning bugun, 8 fevral kuni o'tkazgan tadbirkorlar qabulida ham xususiy sektor vakillarini o'ylantirayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g'oya va takliflarini qo'llab-quvvatlash maqsad qilib olindi.
Qabulda 30 nafardan ortiq tadbirkor o'zini qiynayotgan masalalar bo'yicha viloyat hokimi To'ra Bobolovga murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, o'z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo'shimcha yer ajratish, qurilishga ruxsat berish va boshqa masalalar bilan bog'liq bo'ldi. Ushbu masalalarni hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga bir haftalik muddat bilan aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o'rganish va ularga huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo'lmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz