Viloyat hokimi Termiz shahri “Yulduz” mahallasida “Farangiz Hamuna” MChJning MDF ekishlar va mebel ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, mahsulotlar tayyorlash jarayonlarini koʼzdan kechirdi.

Loyiha 2015 yilda ishga tushirilgan boʼlib, umumiy qiymati 100 ming dollarni tashkil etadi va yillik 2 ming dona eshik va mebel mahsulotlari ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. 26 ta ish oʼrni yaratilgan.

1263
0

Termiz shahri “Jayxun” mahallasi hududida 5 mln dollar toʼgʼridan toʼgʼri xorijiy investitsiya mablagʼlari hisobidan 9 qavatli turar joy hamda savdo va xizmat koʼrsatish obʼektlari majmuasi bunyod etilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov “Afghan German Company” MChJ qoʼshma korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha bilan tanishib, qurilish-taʼmirlash ishlarini koʼzdan kechirdi. Loyiha yuzasidan masʼullarning axborotini tingladi.

1190
0

Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz shahri “Nurli kelajak” mahallasida yashovchi tadbirkor Gʼayrat Italmazovning oʼz xonadonida 3,5 sotixlik maydonda tashkil etgan gulchilik faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkor tomonidan tashkil etilgan gul, buta va daraxt koʼchatlari yetishtirish loyihasida 4 kishining bandligi taʼminlangan. Tadbirkor tomonidan yiliga 50 mln soʼmlik koʼchatlar yetishtirilib, xaridorlarga yetkazilmoqda.

1260
0

Qiziriq tumanida quyosh panellari oʼrnatish ishlari bilan tanishildi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qiziriq tumani “Zarobod” mahallasida boʼlib, “Taʼminot Osiyo 665” MChJ tomonidan oʼrnatilgan 50 kVt quvvatli quyosh panellaridan elektr toki ishlab chiqarish va tarmoqqa uzatish ishlari bilan tanishdi.

1362
0

Surxondaryo viloyati hokimi Turkiyalik olimlar guruhini qabul qildi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Turkiyaning “Livagro” firmasining taʼsischisi, oliy toifali agronom Bilol Talmach boshchiligidagi olimlar guruhini qabul qildi.

1259
0
Barchasi: 1585 ta
So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.