Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Termiz shahrida qurilish loyihalari bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi. Dastlab, viloyat rahbari Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi.

Tuman markazida kanalizatsiya tarmoqlarini tortish hamda markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish, tozalash, gul ko‘chatlari ekish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarning avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, hududdagi 10 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash tadbirlari yuzasidan axborotlari tinglandi.

Loyihalarni bosqichma-bosqich, sifatli hamda tizimli olib borish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumani markazida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joylar taqdimoti hamda katlovan qazish ishlari bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra 7 ta 9 qavatli jami 468 xonadonli energiya tejamkor materiallardan turar joylar majmuasi barpo etiladi.

Viloyat rahbari umumiy qiymati 113,2 mlrd so‘m bo‘lgan loyihani qurilish talablari asosida, barcha infratuzilmalarning bo‘lishini ta’minlagan holda belgilangan muddatda amalga oshirish lozimligini qayd etdi.

Hududlarga tashrifdan so‘ng, viloyat hokimi Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qurilishi bilan tanishdi. Ishlarni jadallashtirish, yo‘l bilan birga yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yaxshilash topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.