"Navro‘z" umumxalq bayramiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifidan so‘ng, Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotini tingladi. Bayram dasturiga muvofiq povilonlarni tayyorlash, o‘tovlarni joylashtirish, sahnalar dekoratsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

“San’at saroyi” majmuasi bo‘ylab obodonlashtirish va daraxt, buta hamda gul ko‘chatlari ekish ishlarining borishi bilan tanishgan viloyat rahbari mas’ullarga kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

Shu yerning o‘zida Termiz shahridagi eski, ta’mirtalab turar joylarni renovatsiya qilish, yangi ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimot qilindi. Shahar hokimi va qurilish sohasi mutasaddilariga turar joylarni renovatsiya qilish va yangilarini qurishda avvalo aholi bilan kelishish, ularning talab va takliflarini inobatga olgan holda loyihalarni maromiga yetkazish topshirildi.

Viloyat rahbari hududda daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari ham ishtirok etdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.