Tadbirkorlar qabuli va investitsiya loyihalari muhokamasi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Qabul avvalida viloyatda investitsiya, sanoat va eksport bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarning ijrosi muhokama qilindi. Erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Xususan, viloyatda mahalliy loyihalarning ayrimlari belgilangan muddatda ishga tushirilmasligi natijasida rejalashtirilgan ish o‘rinlari to‘liq yaratilmaganligi tanqid qilindi.

Hududlar va tarmoqlar kesimida har bir tarmoq va loyihalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.

Hududiy investitsiya dasturi ijrosi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tashriflar va forumlarda kelishilgan loyihalarni amalga oshirish, eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi, “Tinchlik” yoshlar sanoat zonasi hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusidagi muhim vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, hududiy studiyalar orqali 73 nafar tadbirkorning olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi 75 ta murojaati tinglandi. Qabul davomida murojaatlarning 13 tasi ijobiy hal etildi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan 62 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazorat olindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.