Sherobodda chorvachilik, Muzrabotda sholichilik loyihasi bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Sherobod tumanida davom ettirib, “Pomir agroklaster” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 392 mlrd so‘mlik chorvachilik kompleksining qurilish ishlari bilan tanishdi. Jami 175 ta doimiy ish o‘rni yaratiladigan loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash kompleksi, yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash va un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodlari qurilishi rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari loyiha doirasida ishlar sust olib borilayotganligi yuzasidan e’tiroz bildirib, mahalliy quruvchi-ustalarni ishga jalb qilgan holda payvandlovchi ishchilar sonini ko‘paytirish, ishlarni jadallashtirish vazifasi topshirildi.

Keyingi manzil Muzrabot tumani bo‘ldi. “SCT cluster sholi” MChJ tumanning Amudaryo qirg‘oqlaridagi 20 ming gektardan ortiq yer maydonini yangidan o‘zlashtirib, bosqichma-bosqich foydalanishga kiritmoqda. Biroq maydonlarni o‘zlashtirish sustligi, sholikor pudratchilar va klaster o‘rtasida turli muammolar hal etilmayotganligiga e’tiroz bildirildi.

Tuman hokimiga klaster va pudratchilar o‘rtasidagi muammoni hal etish vazifasi topshirildi. MChJ mas’ullariga yer maydonlarini o‘zlashtirishni jadallashtirib, sholi maydonlarini kengaytirish, bu orqali hosil hajmini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.