Agrar sektorni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, “Indenim klaster” MChJning paxta tozalash zavodida agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. Bu borada mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Viloyat rahbari qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishda zarur agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, avvalo, zamonaviy texnikalarga bog‘liq ekanligini ta’kidlab, fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan talabini qondirish, ma’nan va jismonan eskirgan texnikalar o‘rniga zamonaviy va resurs tejamkor texnikalar bilan ta’minlash borasidagi ishlarni tahlil qildi.

Bu borada qishloq xo‘jaligi mas’ullari, lizing tashkilotlari va tijorat banklarining faoliyati qoniqarsizligi qayd etildi. Shuningdek, ayrim xo‘jaliklarga qayta-qayta texnikalar xaridi uchun imkoniyat berilgan, ayrimlari esa ortiqcha hujjat talab qilinib, sarson qilinayotganligi tanqid qilindi.

Mutasaddilarga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tizimli bartaraf etish, barcha fermer xo‘jaliklarining talabini puxta o‘rganib chiqib, shu asosida zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.