Hududlarda ariq va kollektorlarni tozalash ishlari hamda g‘alla parvarishi bilan tanishildi

Viloyat rahbari bugungi hududlarga tashrifini qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ariq va kollektorlarni tozalash, ularning bo‘ylarida tut va tol ko‘chatlari, qalamchalarini ekish hamda g‘alla parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilab bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida vohamiz hududlarida ariq va kollektorlarni tozalash, ularning muhofaza zonalarida tut, tol va boshqa namgarchilikni yutuvchi, yerning sho‘rlanishining oldini oluvchi daraxt ko‘chatlari va qalamchalar ekilmoqda. Shuningdek, ichki ariqlar betonlanib, oqova suvlarining isrof bo‘lishining oldi olinmoqda.

 

Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida viloyat rahbari ushbu topshiriqlarning qay darajada bajarilayotgani, g‘alla parvarishi tadbirlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, oqova suvlarining ortiqcha isrof bo‘lishini oldini olish uchun ham ariq va zovurlarni o‘z vaqtida tozalash muhim hisoblanadi. Shu bois viloyat rahbari ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish lozimligini qayd etdi.

Viloyat rahbari ushbu hududlarda g‘alla parvarishini ko‘zdan kechirib, o‘g‘itlash, sug‘orish, kasalliklarning oldini olish maqsadida suspenziya tadbirlarini muddatida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga vazifalarni belgilab berdi. 

Hududlarga tashrif davom etmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.