Surxondaryoda umumxalq xayriya hashari davom etmoqda

Xabar berilganidek, yurtimizda 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hashar tadbirlarida ishtirok etish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida bo‘ldi.

Hashar doirasida Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu hududlarni oqova suvi bilan ta’minlovchi “Sherobod mashina magistral” kanali bo‘yida besh qatorli qilib, tut, tol va terak ko‘chatlari ekish tadbirlariga start berildi.

Tadbirlarga tumanlardan 15 mingdan ortiq hasharchi ishtirok etmoqda, 500 ta texnika, jumladan, 40 ga yaqin ekskavator jalb qilindi. Hududlardagi yo‘llarni tekislash, kollektorlarni tozalash hamda daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, kanal bo‘ylab bo‘sh maydonlarda 20 mingdan ortiq tut, terak, jiyda va anor ko‘chatlari, 100 mingtaga yaqin tol va terak qalamchalari ekilmoqda.

Viloyat rahbari hasharda faol ishtirok etayotgan tashkilot, korxona va obodonlashtirish sohasi xodimlariga hamda aholi vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bu ishlarni barchasi o‘zimiz yashab kelayotgan voha obodligi, tabiat musaffoligi, rizq-ro‘zimiz yetishtiriladigan yerlarimizning meliorativ holatini yaxshilash uchun amalga oshirilayotganligi qayd etildi.

Surxondaryoning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.