Surxondaryo viloyati hokimi Pokiston va Xitoy delegatsiyalarini qabul qildi

Bugun viloyat hokimligida Pokiston va Xitoy davlatidan tashrif buyurgan delegatsiyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Viloyat rahbari dastlab, Moxsun Malik Aslan boshchiligidagi pokistonlik investorlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryoda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, vohamizning boy salohiyati haqida so‘z yuritildi. Logistika, qurilish, transport, quyosh panellari o‘rnatish kabi loyihalarni amalga oshirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.

Ayni kunlarda muhokama qilinayotgan Transafg‘on temir yo‘li loyihasi doirasida Surxondaryoda logistika markazlari tashkil etish har ikki mamlakat tadbirkorlari uchun ham muhim ekanligi, ushbu yo‘nalishda xorijlik sarmoyadorlarga barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvdan so‘ng, Pokiston delegatsiyasi “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, xorijlik investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Viloyat rahbari keyingi uchrashuvni O‘zbekiston - Xitoy biznesmenlar assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev hamrohligida Xitoyning tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi "Kezhou Congling Industrial Co., Ltd" kompaniyasi rahbariyati bilan o‘tkazdi.

Unda vohamizda tog‘-kon sanoati sohasida Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.