Toshqin talofatlarini bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanidagi 4 ta mahallada sel-suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mahallalar bo‘ylab yurilib, ko‘p qavatli turar joylar, aholi xonadonlari, yo‘llar va ko‘chalarni tozalash, ta’mirlash hamda tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Ariq va kollektorlarni tozalash ishlarining borishini ko‘zdan kechirish davomida viloyat rahbari kelgusida sel-suv toshqinlarining oldini olish uchun tashkil etiladigan suv yo‘llarini mutasaddilar bilan ko‘rib chiqib, tegishli tavsiyalarini berdi.

Viloyat rahbari aholi xonadonlarini ham ko‘zdan kechirib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlarini tingladi. Mutasaddilarga poydevorlari bo‘lmaganligi sababligi sel-suv toshqinlari natijasida zarar ko‘rgan xonadonlarni qayta qurish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Bugunning o‘zida to‘rtta mahalladagi 100 dan ortiq xonadonda loyqalarni tozalash, suvoqlash va bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi, 10,3 km masofadagi ichki yo‘llar toshlanib, ta’mirlandi. Bundan tashqari kommunal sohadagi tashkilotlar tomonidan elektr energiyasi, gaz hamda ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash, maxsus mashinalarda toza ichimlik suvlarini yetkazib berish ishlari bajarildi.

Hududlardan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun har bir sohadan malakalari mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, ijtimoiy, tibbiy, SES xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.