Angor tumanida eksport logistika markazi faoliyati bilan tanishildi

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani “Bahor” mahallasida tashkil etilgan eksport logistika markazi faoliyati hamda ushbu mahallada aholi tomorqalari va xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar bilan tanishishdi.

Surxon vohasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiya bozorlarida xaridorgir ekanligi, hududning iqlim va tuproq sharoitlari sabab mahsulotlar erta tayyor bo‘lishi hamda quyoshli ob-havosida to‘liq yetilishi uning bozorbopligini yanada oshirishi qayd etildi.

Delegatsiya a’zolari eksport logistika markazida tashkil etilgan, ushbu mahalla aholisi tomonidan yetishtirilgan karam, gulkaram, brokkoli, daykon, qizil lavlagi va ko‘kat mahsulotlarining eksport jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Mahsulotlarning Rossiya, xususan, Tataristonga eksportini yanada oshirish, ikki hudud tadbirkorlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirgan holda eksport logistika markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.