Tatariston delegatsiyasi Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lishdi

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov rahbarligidagi mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar bilan tanishishdi.

Mazkur muzey mamlakatimizda yagona arxeologiya yo‘nalishdagi muzey bo‘lib, ixtisoslashgan muzeylar sirasiga kiradi. Unda Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan osori-atiqalar saqlanadi va ilmiy jihatdan o‘rganiladi hamda keng ommaga namoyish etiladi.

Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan 2002 yilda tashkil etilgan ushbu muzeyda saqlanayotgan eksponatlar soni 115,8 mingtani tashkil etadi.

Mehmonlarga vohamizning eng qadimgi tosh davridan XX asrgacha bo‘lgan tarixidan so‘zlovchi eksponatlar tanishtirildi hamda ularga ma’lumotlar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.