Prezident topshirig‘i ijrosi: Termiz shahrida chiqindi yig‘ishning yangi tizimi joriy etilmoqda

Bugun Prezidentimiz huzurida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ko‘p qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etish vazifasi topshirildi.

Ushbu tizim dastlabki boshqichda bir qator hududlar, xususan Termiz shahrida joriy etilishi belgilandi. Viloyat rahbari yig‘ilishdan so‘ng mutasaddilar bilan ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni Termiz shahri “Bog‘zor” mahallasi misolida ko‘rib chiqdi.

Mazkur mahallada chiqindilarni yig‘ish, saralash uchun maxsus konteynerlar o‘rnatilgan bo‘lib, politelin paket kabi yengil chiqindilarning sochilib ketishining oldi olingan. Viloyat rahbari yuklatilgan vazifalarga asosan chiqindilarni yig‘ish, saralash bo‘yicha yangi tizimni namunali joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mutasaddilar viloyatdagi chiqindi poligonlari, ularning holati hamda chiqindini qayta ishlash korxonalari haqida axborot berishdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.