Surxondaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Oripov Anvar Hamidovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Rajabov Sherzod Abdimuratovich tayinlandi.

Sh.Rajabov 1984-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Termiz davlat universitetini, 2014-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligi guruh rahbari, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.