Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Oripov Anvar Xomitovich Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.

A.Oripov 1985-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010-yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zagroeksport” AJ, Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan hamda mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.